AsosiyJamiyat

Tobora urfga aylanayotgan poraxo`rlik...

'Tobora urfga aylanayotgan poraxo`rlik...'ning rasmi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent metrosi ishchisi pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. Bu haqda metpopoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, xodim M.S. fuqaro A.Y.ning ushbu korxonaga ishga kirishiga yordam berishi evaziga 400 AQSh dollari pul talab qilgan. 

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan Toshkent metropolitenida dam olish uyi navbatchisi vazifasida ishlab kelayotgan M.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “b” va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar