Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Prezident raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda ta`kidlanishicha, 2023 yil 1 yanvarga qadar:
● 22 ta turdagi iste`mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go`sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o`simlik yog`i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;
● oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo`llash to`xtatib turiladi;
● davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo`yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to`sqinlik qilish holatlari bo`yicha vakolatlari kuchaytiriladi.
Viloyat hokimlariga o`z hududida etishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bog`liq barcha jarayonlarda amaliy yordam ko`rsatish topshirildi.






