Prizident matbuot kotibining xabar berishicha, davlat rahbari raisligida o`tkazilgan yig`ilishda xonaki tovuqlarni kooperasiya asosida boqishni kengaytirish vazifasi qo`yilgan.
Shavkat Mirziyoev Nurobod tumani tajribasini misol qilib keltirdi.
Ushbu tuman o`zini tuxum va go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash bilan birga, Samarqand shahri, Pastdarg`om va Kattaqo`rg`on tumanlariga oyiga 140 mingta tuxum etkazib bermoqda.
Mazkur tajribani o`zining tuxum va parranda go`shtiga ehtiyojini qoplamaydigan 50 ta tumanning 200 ta mahallasida yo`lga qo`yishga topshiriq berildi.
Prezident qarori bilan chorvachilik xo`jaliklariga:
- go`shtning har bir kilogrammi uchun to`lanadigan subsidiya 2 ming so`mdan 4 ming so`mga, sutning har bir litri uchun 200 so`mdan 400 so`mga oshirildi;
- olib kelinadigan qishloq xo`jaligi texnikasi barcha to`lovlardan ozod etildi;
- sohaga 170 million dollar imtiyozli kredit liniyalari ochildi;
- 200 ming gektardan ziyod paxta va g`alla maydonlariga ozuqabop ekinlarni almashlab ekish belgilab olindi.
Shuningdek, Prezident Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlariga qat`iy ogohlantirish berdi.






