AsosiyJamiyat

Rossiyada xitoyliklar 13 nafar o`zbekni pasportlarini olib qo`yib, ishlashga majburladi

'Rossiyada xitoyliklar 13 nafar o`zbekni pasportlarini olib qo`yib, ishlashga majburladi'ning rasmi

Rossiyaning Samara shahridagi korxonada brigadir bo`lib ishlayotgan Xitoy fuqarosi vaqtinchalik mehnat faoliyatni amalga oshirayotgan o`zbeklarning pasportlarini olib qo`yib, hujjatlarsiz ishlatgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga yurtdoshlarimizdan murojaat kelib tushadi.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida korxona bosh direktori bilan muzokaralar olib borilgan.

Natijada 13 nafar yurtdoshimizning pasport va boshqa hujjatlari olib berilgan. Ish beruvchi vakillari Rossiya Federasiyasining tegishli huquqiy-me`yoriy hujjatlari bo`yicha javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Yurtdoshlarimiz ushbu korxonada mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar