AsosiyJamiyat

Navoiy xalqaro aeroporti oldida janjallashgan ikki fuqaro ishi sudda ko`riladi

'Navoiy xalqaro aeroporti oldida janjallashgan ikki fuqaro ishi sudda ko`riladi'ning rasmi

Ma`lumki, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga rioya qilmaslik javobgarlikka sabab bo`ladi. Biroq oramizda ana shu javobgarlikni bila turib, qonunlarga itoat etmaydigan fuqarolar topiladi.

Jumladan, 1996 yilda Karmana tumanida tug`ilgan, xozirgi kunda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi, Navoiy viloyati Karmana tumani Malikrabod qo`rg`onida yashovchi fuqaro R.T. va 1996 yilda Karmana tumanida tug`ilgan, xozirgi kunda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi, Navoiy viloyati Karmana tumani Malikrabod qo`rg`onida yashovchi fuqaro N.T.lar ana shunday tartib-qoidalarga amal qilmaydiganlar toifasidan bo`lib chiqdi. 

Ular Navoiy xalqaro aeroportining chiqish eshigi oldida jamoat joyi ekanini bila turib, bir nechta fuqarolar oldida o`zaro tortishib ketishadi. Har-xil og`izga olib bo`lmas uyatli so`zlar bilan bir-birlarini so`kishib, xaqorat qilishib, mayda bezorilik, ya`ni jamoat joylarda uyatli so`zlar bilan so`kinish hamda jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi boshqa xatti-harakatlari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik huquqbuzarligini sodir etdi.

Ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda xujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rishlik uchun Karmana tuman Jinoyat ishlari bo`yicha sudga yuborildi. Ana endi qoidabuzarlar qonun oldida javob beradi. 

 

Sherali Djuraev, 
Navoiy viloyati IIB TXTB HPB katta inspektori kapitan                                       

Asliddin Xoliqulov,
Navoiy Transport prokuror yordamchisi                                                           

    Boshqa yangiliklar