AsosiyJamiyat

Toshkentda sex yonib ketdi

'Toshkentda sex yonib ketdi'ning rasmi

Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda "Imzo" fabrikasi yonayotgani haqida videolar tarqaldi.

FVVning bergan xabariga ko`ra, hodisa "Imzo" ga tegishli hududda emas, balki Sergeli tumani Nilufar ko`chasida joylashgan sexda sodir bo`lgan.

Shunga ko`ra 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji, 2 ta maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, yong`in soat 18:28 da qurshab olingan.

U soat 18:51da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida binoning sendvich panelli tom yopmasining taxminan 300 kv.m maydoni yonib, zararlangani aytiladi.  

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q, tezkor xarakatlar natijasida yong`indan binodagi  mahsulotlari saqlab qolindi. Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar