AsosiyJamiyat

Navoiyda qarovsiz qoldirilgan bir bosh tuyani poezd urib ketdi

'Navoiyda qarovsiz qoldirilgan bir bosh tuyani poezd urib ketdi'ning rasmi

Chorva mollarini qarovsiz qoldirish ko`p hollarda turli ko`ngilsizliklarga sabab bo`lishi mumkin. Navoiy viloyatida ham egasi tomonidan nazoratsiz qoldirilgan tuya ko`ngilsiz hodisani yuzaga keltirdi. 

2022 yil 13 fevral kuni soat 21:00 da Buxoro Mintaqaviy Temir yo`l uzeliga qarashli 311-raz`ezd navbatchisi M.R. tuman IIBga qo`ng`iroq qilib, "Tinchlik lokomotiv" deposiga qarashli O`ZT16M-038-raqamli teplovoz 3473-sonli yuk poezdi bilan 308-311-raz`ezdlar oralig`i 209 km. 1-piketida “Uchquduq 2-Tinchlik” yo`nalishi bo`yicha xarakatlanib kelayotgan vaqtida qarovsiz yurgan bir bosh tuyani urib yuborgani haqida xabar berdi. Shundan sung poezd soat 20:09 da to`xtab, soat 20:15 da o`z yo`nalishi bo`yicha harakatni davom ettirgan.

Kelib tushgan xabarga ko`ra Navoiy viloyati IIB Transportda Xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu qarovsiz yurgan bir bosh tuyaning egasi 1965 yilda tug`ilgan, Navoiy viloyati Tomdi tumani Rohat maxallasida yashovchi fuqaro T. R. ekanligi aniqlanadi.

Fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 113-moddasi 2-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Sherali Djuraev,
Navoiy viloyati IIB TXTB HPB katta inspektori kapitan                                       

Akram G`aniev, 
Navoiy Transport prokurori, Adliya maslaxatchisi

    Boshqa yangiliklar