Joriy yilning 11 fevral sanasida Prezident huzuridagi videoselektor yig`ilishida Yo`llarda qatnovni tashkil etish va xavfsizlikni ta`minlash ilm bilan hamohang bo`lishi kerakligi ta`kidlangan edi. Jumladan, maktab va bog`chalar oldida tezlik 30 kilometrdan oshmasligi shart etib belgilangandi. Xo`sh, ularni qayd etish va mazkur qoidani buzganlarga chora ko`rish mexanizmi qanday bo`ladi?
Toshkent viloyati IIB YHX axborot xizmati mazkur savolga javob berdi.
"Hamma yo`l harakati qoidalarini jarimaga tortish uchun ishlab chiqilgan deb o`ylaydi. Savol tug`iladi, jarima bo`lmasa, amal qilmasa ham bo`ladimi? Arag haydovchining qoidalarga amal qilmasligi aynan maktab oldida YTH bilan tugasa, tezlik 30 kilometr soatdan baland bo`lsa va fuqaroga ziyon etkazilsa, u aybdor hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi",-deydi Rustam Asqarov.
Uning ma`lum qilinishicha, tergov harakatlarida transport vositasining voqea sodir bo`lganida tezligini qandayligini aniqlash usullari bor. Bular tormoz izi, videofiksasiya va boshqa turdagi qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, ta`kidlanishicha, hozirgi kunda aholi yashash joylarida, davlat ahamiyatiga ega yo`llarda auksion orqali radarlar o`rnatilmoqda. Kelgusida ham imkon qadar maktab va mahallalardagi hududlar ham qamrab olinishi reja qilingani aytiladi.






