Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan berilgan xabarga ko`ra, joriy yilning 31 may kuni Qarshi shahri “Komilon” mahalla fuqarolar yig`inidagi xonadonlardan birida fuqaro L.A.ning (erkak, 1995 y.t.) jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan O.D.ga (2004 y.t.) nisbatan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (og`irlashtiruvchi holatda qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyilgan xabarda.






