AsosiyJamiyat

Samarqanddagi to`yda 19 kishi zaharlandi

'Samarqanddagi to`yda 19 kishi zaharlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Jomboy tumanida yashovchi 19 nafar fuqarolar tibbiyot birlashmalariga to`y bazmida ovqatdan zaharlanganligi yuzasidan murojaat qilishgan.

Ma`lum qilinishicha, shulardan 14 nafari sog`ligining holati qoniqarli ekanligi sababli ambulator sharoitda davolanishga yuborilgan. 5 nafari tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotgani aytiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar