"Toshkent metropoliteni" DUKning ma`lum qilishicha, metro yo`lovchilariga qulaylik yaratish, xizmat ko`rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 2022 yilning 1 iyun sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulug`bek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, "Novza", "Toshkent", "Kosmonavtlar", "Chorsu", "Tinchlik", "Turkiston", "Shahriston", "Bodomzor" hamda "Minor" metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.
Qayd etilishicha, ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) shu kunga qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yo`lovchilarga xizmat ko`rsatgan.