AsosiyJamiyat

Tunda Sergеli tumanidagi xonadonlardan biri yonib ketdi

'Tunda Sergеli tumanidagi xonadonlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 31 may kuni soat 23:20 da Sergеli tumani “Belariq” MFY Uzumzor ko`chasida joylashgan uylarning birida yong`in sodir bo`ldi. Hodisa yuzasidan FVV matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Voqea joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 23:27 da etib borib, yong`in soat 23:39 da qurshab olingan va soat 23:44 da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida xonadonning taxminan 200 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.  

   Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo`limi rahbar xodimlari etib borgan. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

         

    Boshqa yangiliklar