Qirg`izistondan shakar olib chiqish vaqtinchalik taqiqlab qo`yildi. Bu haqdagi Qaror mamlakat hukumatining navbatdagi majlisida qabul qilindi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Ma`lum bo`lishicha, Qaror loyihasi Qirg`iziston hududidan shakarning ommaviy eksport qilinishi ehtimolining oldini olish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash va shakar bozoridagi narxlarni jilovlash maqsadida ishlab chiqilgan.
So`nggi vaqtlarda butun dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqat tanqisligi fonida ko`plab davlatlar mahsulotlar eksportini cheklamoqda.
Xususan, Qozog`iston avvaliga bug`doy, so`ngra shakar eksportiga cheklov o`rnatdi. Bundan tashqari, Hindiston bug`doy va guruch eksportini taqiqladi.






