AsosiyJinoyat

Denovda sug`oriladigan er maydonida o`zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqaro aniqlandi

'Denovda sug`oriladigan er maydonida o`zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirgan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, fuqaro M.A. tuman hokimligi zaxirasidagi “Qorako`z” mahallasi hududida joylashgan sug`oriladigan er maydonining 2 sotixini noqonuniy egallab olib, shundan 69 kv.m er maydonida qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar