AsosiyJamiyat

Non narxining oshishi ortidan Farg`onada ajiotajlar kuzatilmoqdami? Farg`ona shahar hokimi va sektor rahbarlari vaziyatni o`rganishdi

'Non narxining oshishi ortidan Farg`onada ajiotajlar kuzatilmoqdami? Farg`ona shahar hokimi va sektor rahbarlari vaziyatni o`rganishdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona shahar markaziy Dehqon bozori oldidagi "Sahovat issiq non" MChJ savdo do`konida tirbandlik bo`lgani yuzasidan video tarqaldi. Mazkur holat Farg`ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, sektor rahbarlari hamda masalaga dahldor boshqarma va bo`limlar mutaxassislari ishtirokida o`rganildi.

O`rganish jarayonida kecha kun davomida avval olingan un hisobiga non narxi 1500 so`m bo`lgan. Shu bois non mahsulotlari ehtiyojdan ko`p olingani uchun tirbandlik yuzaga kelgan.

Aholiga qulaylik yaratish, tirbandlikni oldini olish maqsadida bugundan boshlab issiq non korxonasi faoliyatini soat 8:00 dan emas, 7:00 dan boshladi. Shuningdek, non ishlab chiqarish hajmi ham ortdi. Aholi talabi to`liq qondirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar