AsosiyJamiyat

Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi qanday baholanishini bilasizmi?

'Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi qanday baholanishini bilasizmi?'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat tashkilotlarida bu illatga qarshi ishlarining samaradorligini reyting baholash quyidagi beshta yo`nalish bo`yicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshirilishini ma`lum qildi:

Prezidentning tegishli qaroriga ko`ra, 

  • davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;

 

  • 2korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

 

  • davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko`rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;

 

  • xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko`nikmalarini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi;

 

  • korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ`ibot tadbirlarining samaradorligi.

    Boshqa yangiliklar