AsosiyJamiyat

YPX xodimi videosini uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqda tarqatish bo`yicha qaror loyihasi qayta ko`rib chiqiladi

'YPX xodimi videosini uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqda tarqatish bo`yicha qaror loyihasi qayta ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalar YPX xodimini videotasvirga olishni tartibga solish bilan bog`liq modda "Milliy tiklanish" fraksiyasi tomonidan qo`llab-quvvatlangani haqida tarqalgan xabarlarga partiya rahbari izoh berdi.

" – Ey baraka topkur, xovliqmasdan, tarqatadigan axborotingni, biroz o`zingni qiynab tagiga etsangchi. Qonun fraksiyada birinchi o`qishda ma`qullandi. Chunki qonun faqat bitta moddadan iborat emas.

Bu qonun yo`llardagi tartibsizliklarni keltirib chiqarayotgan, oilalarga fojea olib kirayotgan beboshlarni jilovlashga va jazolashga xizmat qilishi kerak. Nizoli holatni videotasvirga olish va huquqini himoya qilish maqsadida foydalanishni (masxaralash, tahqirlash va boshqa g`araz maqsadlarda emas) hech kim ta`qiqlamoqchi emas. Jazo ham oshirib yuborilgan, bu ham jiddiy ko`rib chiqiladi.

Ba`zi “xabarshunos vallomatlar” qachonlardir huquqni muhofaza qiluvchi idoralardan adolasizlik ko`rib, g`azabi ichiga tushib qolgan bo`lsa haqini talab qilishni o`rgansin yoki davolansin, chunki g`azab birinchi navbatda egasini xonavayron qiladi", – deyiladi munosabatda.

Alisher Qodirovning qayd etishicha, Yo`l harakati tizimini takomillashtirish maqsadida Jinoyat, Jinoyat prosessual va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslarga o`zgartirish kiritish bo`yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bugungi Yalpi majlisi kun tartibidan chiqarildi, lekin keyingi majlisgacha tayyorlanadi va albatta ko`riladi. Ikkinchi o`qishda moddama-modda muhokama qilinadi.

" – Bir masalani tinch muhokama qila olmayapmiz. Tortishuv va turli fikrlash juda ham tabiiy va hatto zarur. Ammo, tuhmat, g`iybat va haqorat bilan manzilga eta olmaymiz, kosamiz oqarmaydi! Biz o`zgarsak jamiyat o`zgaradi", – deydi partiya rahbari.

Eslatib o`tmiz, qonunchilikka “YPX xodimining faoliyatini foto va video tasvirga olib ruxsatsiz Internetga joylashni taqiqlash” kiritilayotgan

    Boshqa yangiliklar