Ijtimoiy tarmoqlar orqali farg`onalik ona o`g`li tergov hibsxonasida qiynoqqa solinayotganligi haqida murojaat bilan chiqdi.
Ombudsman Axborot xizmatiga ko`ra, ushbu murojaat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olingan.
Aniqlanishicha, mahbus S.Q. O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi "a,v" bandlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir qilganlikda ayblanib, Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining ajrimiga asosan saqlash uchun 10-sonli tergov hibsxonasiga olib kelingan.
Ombudsmanning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov 2022 yilning 31 may kuni 10-son tergov hibsxonasiga borib, mahbus S.Q. bilan suhbatlashgan.
Ta`kidlanishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo`lib, Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur holat bo`yicha tergovga kadar tekshiruvi jarayonlari tugallanganidan keyin Ombudsmanning rasmiy munosabati berilishi ma`lum qilindi.






