AsosiyJamiyat

Tojikiston Milliy banki raisi O`zbekiston Markaziy bankiga tashrif buyurdi

'Tojikiston Milliy banki raisi O`zbekiston Markaziy bankiga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Tojikiston Milliy banki raisi Xoliqzoda Xokim Hikmatullo bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda bank Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqotda tomonlar har ikki mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy vaziyat, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, o`zaro tashriflar tashkil etish orqali tajriba almashishga kelishib olishgan. 

Eslatib o`tamiz,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turibdi. 

    Boshqa yangiliklar