Bir muddat avval Shavkat Mirziyoev Tojikiston rahbari bilan tor doirada uchrashuv o`tkazgani haqida yozgan edik. Shundan so`ng, davlat rahbari Ko`ksaroy qarorgohida bo`lib o`tayotgan brifingda "Toshkent-Dushanbe" yo`nalishida poezd qatnovi yo`lga qo`yilishini ma`lum qildi.
Shuningdek, tadbirda mamlakatlar o`rtasidagi abadiy do`stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini o`rnatishga alohida ahamiyat qaratilgan. Xususan, jarayondan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, O`zbekiston-Tojikiston hamdo`stligining 30 yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy do`stligiga bag`ishlangan badiiy film suratga olinadi.
"Bu nafaqat ikki buyuk shaxs, balki, ikki xalqning do`stligidir", - deydi bu borada Mirziyoev.






