AsosiyJamiyat

O`zbekistonda g`alla o`rim-yig`im ishlari qachon boshlanishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda g`alla o`rim-yig`im ishlari qachon boshlanishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati bu bo`yicha ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, g`allaning pishish holatidan kelib chiqib 1-5 iyundan Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 6-10 iyundan Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg`ona viloyatlarida, 11-15 iyundan Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida g`alla o`rim-yig`im terim ishlari boshlanadi.

Bu uchun jami 3 382 ta kombayn, 13 675 ta yuk avtomobili, 1498 ta traktor tirkamasi, 1374 ta ko`chma ustaxona va 1425 ta yoqilg`i quyish shoxobchasi ajratilgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar