Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi, Respublika iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash "Ulug`bek” jamg`armasi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda "Ma`rifat" targ`ibotchilar jamiyati hamkorligida “Yangi O`zbekiston" mavzusida maqolalar tanlovi e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur tanlov O`zbekistonni yangi rivojlanish bosqichga ko`tarish borasida belgilangan taraqqiyot strategiyasining maqsad vazifalarini keng yoritish maqsadida o`tkazilmoqda.
Unda qatnashish istagini bildirganlar 2022 yilning 25 mayidan 25 iyuliga qadar gazeta va jurnallarda hamda O`zbekiston milliy axborot agentligi va matbuot nashrlarining rasmiy saytlarida e`lon qilingan maqolalar bilan ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalar tashkiliy qo`mita tomonidan joriy yilning 30 iyuliga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g`oliblari quyidagi tartibda rag`batlantiriladi:
- 2 ta I o`rin g`olibi diplom hamda 6 (olti) million so`mdan pul mukofoti bilan;
- 2 ta II o`rin g`olibi diplom hamda 4 (to`rt) million so`mdan pul mukofoti bilan;
- 2 ta III o`rin g`olibi diplom hamda 2 (ikki) million so`mdan pul mukofoti bilan.
Shuningdek, qo`shimcha 3 (uch) ta rag`batlantiruvchi o`rin mualliflari diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishi aytiladi.
Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalarida hamda tashkilotchilarning internet sahifalarida e`lon qilinadi.
G`oliblarini taqdirlash marosimi O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining o`ttiz bir yilligi bayrami arafasida o`tkaziladi.
Murojaat uchun telefonlar:
- 95 177 51-57
- 97 745-35-76 (telegram)






