AsosiyJamiyat

Pishmay qolgan savdo yoxud uyushgan jinoyatchilik

'Pishmay qolgan savdo yoxud uyushgan jinoyatchilik'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmatining xabar berishicha, Mirobod tumani IIO FMBdan tushgan xabarga ko`ra, 49 yoshli Irina T. va 52 yoshli Baxtiyor B.lar 53 yoshli Dilshod B.ning ishonchiga kirib, biznes qilish maqsadida firibgarlik yo`li bilan unga tegishli bo`lgan 35.000 AQSh dollari miqdoridagi pulini olib, bergan va`dalarini bajarmagan.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu shaxslar pullarni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar