AsosiyJamiyat

Xaridorlar chekini ro`yxatdan o`tkazib, 16,5 mln. so`m keshbek to`plagan "uddaburon kassir" qo`lga tushdi

'Xaridorlar chekini ro`yxatdan o`tkazib, 16,5 mln. so`m keshbek to`plagan "uddaburon kassir" qo`lga tushdi'ning rasmi

Davlat soliq qo`mitasi matbuot ixzmatining ma`lum qilishicha, fuqaro B.R. aprel oyida 443 ta 1,8 mlrd. so`mlik cheklarni ro`yxatdan o`tkazib, 18 183 656 so`m keshbek to`plagan. Shundan 1,6 mlrd. so`mlik 152 ta cheklar "AA" korxonasidan olingan bo`lib, ularga 16 485 000 so`mlik keshbek hisoblangan.

Qayd etilishicha, cheklar shubhali bo`lganligi uchun mas`ullar tomonidan o`rganish olib borilgan. O`rganish natijalariga ko`ra, ushbu fuqaro "AA" korxonasida kassir lavozimida ishlashi ma`lum bo`lgan va 16 485 000 so`mlik keshbek summalari bekor qilingan.

Ma`lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12-maydagi 255-son qaroriga muvofiq, Davlat soliq qo`mitasi onlayn nazorat kassa texnikasi chekini soliq organlarining mobil ilovasida ro`yxatdan o`tkazgan jismoniy shaxsdan uning haqiqiy xaridlari to`g`risidagi tasdig`ini so`rab olishga, xarid haqiqatda ushbu jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirganligi shubhali bo`lgan taqdirda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilishga haqli.

    Boshqa yangiliklar