AsosiyJamiyat

Bugun Toshkent, Farg`ona va tog`li hududllarda jala yog`inlar yog`ishi mumkin — "O`zgidromet"

'Bugun Toshkent, Farg`ona va tog`li hududllarda jala yog`inlar yog`ishi mumkin — "O`zgidromet"'ning rasmi

Bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Farg`ona vodiy viloyatlari va tog`li hududlarda qisqa muddatli jala yog`inlar yog`ishi kutilmoqda, deya yozmoqda "O`zgidromet".

Mutaxassislar yog`inlar chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatli ekanligi va ulardan tog` va tog` oldi hududlarda sel kelish xavfi borligini prognoz qilishmoqda.

Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.

Ma`lum qilinishicha, poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 28-30° gacha isiydi.

Tog`oldi va tog`li hududlarda vaqti- vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar