AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Bugun Toshkentning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

"Hududgaz poytaxt"ning xabar berishicha,  bugun poytaxtning ba`zi tumanlarida gaz ta`minoti to`xtatiladi. 

Jumladan, Uchtepa tumani Foziltepa ko`chasida joylashgan er usti o`rta bosimli D-108 mm gaz quvurini tartibga keltirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli bugun kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha “Cho`ponota” mahallasidagi 30 ta erli aholi xonadonlarida hamda 14 ta ulgurji iste`molchilarda gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Chilonzor tumani “Bekto`pi” mahallasi hududida joylashgan er usti o`rta bosim gaz quvurida ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli bugun kunduzi soat 11:00 dan 16:00 gacha Al-Xorazmiy mavzesida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

Gaz ta`minoti filiali yuzaga kelgan noqulayliklar uchun barcha iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar