"Uzbekistan Airways" Isroilga borayotgan yo`lovchilar diqqatiga muhim ma`lumotni taqdim etdi.
Unga ko`ra, Isroil hukumati 2022 yil 21 maydan boshlab mamlakatga uchib kelishdan oldin koronavirusga qarshi topshiriladigan test talabini bekor qildi. Isroil davlatiga uchib borishdan oldin topshiriladigan PZR-testini bekor bo`lishi nafaqat Isroil fuqarolariga balki sayyohlarga ham taaluqli.
Ma`lumot uchun, yo`lovchilar avvalgidek, havo kemasiga chiqishdan oldin 48 soat davomida Isroilga kirish deklarasiyasini to`ldirishlari kerak.






