AOKAda o`tkazilgan brifingda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma`rupov Haj ibodatini ado etish uchun qanday talablar qo`yilgani haqidagi ma`lumotlarni e`lon qildi.
Jumladan:
- “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi. Ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun kunigacha tug`ilgan insonlar kiradi. Yosh chegarasi bilan bog`liq mazkur tartib – O`zbekiston tomonining emas, balki Saudiya Arabistonining qat`iy talabi hisoblanadi.
- Bo`lajak hojilar Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan Pfizer/BioNTech, Oxford-AstraZeneca, Moderna yoki Johnson & Johnson vaksinalarining to`liq dozasini qabul qilgan bo`lishlari shart;
- Barcha ziyoratchilar meningitga qarshi 4 valentli vaksinani qabul qilgan bo`lishi zarur;
- Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus diagnostikasi haqida salbiy natijali PZR ma`lumotnomani taqdim etishlari lozim.
Eslatib o`tamiz, sal avval joriy yilda Haj ibodatini ado etish qancha etib belgilangani ma`lum qilingan edi.






