AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maymun chechagining tarqalish xavfi qay darajada? Nurmat Atabekov oydinlik kiritdi

'O`zbekistonda maymun chechagining tarqalish xavfi qay darajada? Nurmat Atabekov oydinlik kiritdi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilayotgan “Maymun chechagi kasalligiga qarshi ko`rilayotgan epidemiologik chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumanida shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida tarqalayotgan maymun chechagi infeksiyasi va  bu borada O`zbekistonda kutilayotgan vaziyat haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekov gapirdi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri. 

"Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotlariga ko`ra, ushbu maymun chechagi virusi avvaldan fanga ma`lum virus hisoblanadi, har yili Afrika davlatlarida qayd etilib boriladigan kasallik bo`lib, pandemiya holatini yuzaga keltirish xavfi pastligi ta`kidlanmoqda. Shuningdek, maymun chechagi virusi DNK tutuvchi bo`lib, mutasiyaga uchramaydi. Ushbu kasallik 2003 yilda AQSh, 2017-2019 yillarda Nigeriya, 2018 yilda Buyuk Britaniyada qayd etilgan, o`lim holati juda kam uchragan.  

Olingan ma`lumotlarga ko`ra, kasallik birinchi navbatda Afrikaning epidemik noxush bo`lgan hududlariga borgan fuqarolar o`rtasida qayd etilib, keyinchalik bemor odamdan sog`lom odamga yuqish holatlari aniqlangan.  

Kasallikni O`zbekiston Respublikasiga kirib kelishi ehtimoli mavjud, biroq maymun chechagi kasalligi qayd qilingan Evropa mamlakatlarida bemorlarni muloqotdagilariga nisbatan alohidalash choralari olib borilayotganligi, mamlakatimiz katta yoshdagi (1980 yildan avval tug`ilgan aholi) aholisi chechakka qarshi rejali emlashni olganligi sababli keng tarqalish xavfi past darajada deb baholanmoqda", dedi Nurmatov. 

 

    Boshqa yangiliklar