Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektori davlat raqam belgisi 01 667 VSC bo`lgan “Lacetti” mashinasida Mirobod tumani Istiqbol ko`chasida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo`ysunmasdan harakatlangani aks etgan vediolavha tarqalgan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, videodagi inspektor Toshkent shahar IIBB JXX YHXB YPX xodimi O.Isakulov o`ziga biriktirilgan xizmat transport vositasida tartib buzgan.
Ushbu holat yuzasidan YPX inspektori O.Isakulovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 128-4-moddasining 2 qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Xizmat tekshiruvi yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi rasmiy munosabatda.






