AsosiyJamiyat

Toshkentda keksa erkak 13 yashar qizga tegajog`lik qilgani aytilmoqda (video)

'Toshkentda keksa erkak 13 yashar qizga tegajog`lik qilgani aytilmoqda (video)'ning rasmi

Toshkentda yoshi katta erkak 13 yashar qizga tegajog`lik qilgani ma`lum bo`ldi. Bu bo`yicha joriy ytlning 31 may kuni "Nemolchi.uz"ga murojaat kelib tushgan.

Qizning ko`rsatmasiga ko`ra, qariya avvaliga avtobus silkinganida go`yoki bilmasdan qizga suyanadi, keyin esa qo`lini ikki oyog`i orasiga suqadi. Qiz cho`chib tushadi va uning qo`lini o`zidan itaradi. Erkak shunda ham harakatlarida davom etadi. Qiz bir nima deyishga ham cho`chib, qo`lini o`zidan itaradi. U esa qulog`iga "ozgina sabr qil" deb pichirlaydi.  

Qizcha qariyaning yuzi va tushib qolgan bekatini eslab qoladi, shu vaqtning o`zida onasiga qo`ng`iroq qilib, voqeani so`zlab beradi.

Ma`lum bo`lishicha, erkakning yuzi o`sha atrofdagi kuzatuv kameralariga muxrlanib qolgan.

Yuz bergan hodisadan so`ng ayol uchastka noziriga ariza yozgan.

Murojaatdan so`ng 3 iyun kuni ayolga uchastka noziri telefon qilib, qiz va onasi Yakkasaroy tumani IIBga taklif qilgan. Shundan so`ng erkak gumonlanuvchi sifatida olib kelingan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari davom etayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar