AsosiyJamiyat

Nima uchun endi 65 yoshdan yuqorilar "Haj"ga bora olmasligiga izoh berildi

'Nima uchun endi 65 yoshdan yuqorilar "Haj"ga bora olmasligiga izoh berildi'ning rasmi

Haj safari ham yaqinlashmoqda. Ayni kunlarda safar uchun belgilangan yosh chegarasi bo`yicha murojaatlar ortmoqda. O`zbekiston musulmonlari idorasi ush shu sabab masalaga oydinlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, bu irinchi o`rinda Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan amal qilinishi lozim etib qo`yilgan talab bilan bog`liq. Ya`ni, unga ko`ra, “Haj-2022” mavsumida ishtirok etish yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilangan. Qayd etilishicha, ushbu yosh chegarasiga 1957 yil 30 iyun kunigacha tug`ilgan insonlar kiradi. 

"Kezi kelganda, shuni alohida ta`kidlash lozimki, yosh chegarasi bilan bog`liq mazkur tartib – Saudiya Arabistonining butun dunyo davlatlari uchun qo`yilgan qat`iy talabi hisoblanadi",-deydi idora xabarida.

Ta`kidlab o`tilishicha, ziyoratchining yosh chegarasi xorijga chiqish pasporti asosida belgilanadi. Unga asosan, tug`ilgan sanasi 30.06.1957 yildan avvalgi muddatda bo`lgan ziyoratchiga (ya`ni 29.06.1957 va undan oldingi) Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan haj vizasi rasmiylashtirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar