Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida sement zavodi qulagani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat FVB tezkor ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, hodisa Yangiqo`rg`on tumani, Oqtepa mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan MChJda yuz bergan.
"Olib borilgan o`rganish davomida zavoddagi omborga yarim tayyor mahsulot belgilangan me`yordan ko`p miqdorda olinganligi sababli omborning tom qismi qulagani aniqlandi",-deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarga zarar etmagan.






