O`zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish orqali aholini parranda go`sht va tuxum mahsulotlari bilan muntazam taminlashga e`tibor qaratilib, aholiga xonadonlarida parranda boqishni to`g`ri tashkil etish bo`yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Andijon viloyatida ham axoli xonadonlariga parrandalar parvarishlash uchun etkazib berilmoqda. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlnatirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, aholiga tarqatilgan parrandalarni veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi xodimlari klinik ko`rikdan o`tkazib, o`rganmoqda.
Shuningdek, mutaxassislar ularni saqlash, boqish va oziqlantirish jarayonlarini ko`zdan kechirib, uy egalariga parrandalarda uchraydigan kasalliklar bo`yicha o`zlarining tushunchalarini berib borishayotgani ta`kidlanadi.






