"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari kuzatilishi mumkin. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 29-34° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo 30-32° gacha isiydi.
Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.






