AsosiyJamiyat

Toshkent metrosi bir soatga to`xtab qoldi. Holatga rasmiy izoh berildi

'Toshkent metrosi bir soatga to`xtab qoldi. Holatga rasmiy izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar Toshkent metrosida nosozlik bo`lib, yo`lovchilar tushirib yuboriligani aks etgan videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 4 iyun kuni "Chilonzor" yo`nalishida harakatlanib kelayotgan poezd soat 10:50 lar atrofida elektr ta`minotidagi qisqa nosozlik sabab «Olmazor» bekatida to`xtadi. Yo`lovchilar esa bekatdan chiqarildi.

Shu sabab, «Chilonzor» yo`nalishining qolgan bekatlarida ham poezdlar harakati belgilangan reja jadvalidan o`zgargan holda bir tomonlama va kichik halqa jadvali asosida harakatlandi.

Holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilganidan so`ng soat 11:58 da nosozlik bartaraf etilib, poezdlar doimiy jadval asosida harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar