Bugun, 4 iyun kuni taxminan soat 00:25 larda Mirzo Ulug`bek tumani, Oqqo`rg`on ko`chasida "Lacetti" rusumli (davlat raqami 01 R 703 EA) avtomashinani boshqarib ketayotgan 21 yoshli S.N. boshqaruvni yo`qotib, yo`lni o`rtasidagi yoritish ustuniga urilgan. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH natijasida, «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi S.N. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, u jonlantirish bo`limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






