1

Xususiy “zapravka”larda neft bilan bog`liq qonunbuzarliklar aniqlandi

Jinoyat 04.06.2022, 15:37
Xususiy “zapravka”larda neft bilan bog`liq qonunbuzarliklar aniqlandi

Energetika vazirligi tomonidan joriy yilning 25-28 may kunlari neft mahsulotlarini sotish bilan shug`ullanuvchi 113 ta xususiy korxonalarga qarashli 117 ta AYoQShlarda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 393 ming litr neft mahsulotlari bilan bog`liq qonun buzilish holatlari fosh etildi.

Ya`ni, AYoQShlar sig`imlarida saqlanayotgan 2 million 408 ming litr neft mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya sharoitida tahlil etilganida 230 ming litr (10 %) mahsulot sifatsiz ekanligi, 150 ming litr kamomad va 13 ming litr ortiqchalikka yo`l qo`yilganligi, 43 ta holatda iste`molchilar haqidan har 10 litrda 10 millilitrdan 740 millilitrgacha urib qolinayotganligi ma`lum bo`lgan.

Shuningdek, tadbir davomida AYoQShlarda 450 ga yaqin texnik va metrologik kamchiliklarga yo`l qo`yilgan.

Respublika bo`yicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Andijon viloyati (94 ming litr), Surxondaryo viloyati (70 ming litr), Toshkent viloyati (44 ming litr), Namangan viloyati (38 ming litr), Sirdaryo viloyati (23 ming litr), Farg`ona viloyati (39 ming litr), Toshkent shahri (18 ming litr), Jizzax viloyati (21 ming litr) va Samarqand viloyat (22 ming litr)lariga to`g`ri kelmoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar chora ko`rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1