AsosiyJamiyat

Farg`onada qaynsinglisiga himoyachi bo`lishini iltimos qilgan ayoldan 8 ming dollar olgan soxta advokat ushlandi

'Farg`onada qaynsinglisiga himoyachi bo`lishini iltimos qilgan ayoldan 8 ming dollar olgan soxta advokat ushlandi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, pullarini o`zlashtirgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, E.N. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Unda 2021 yilning noyabr oyida noma`lum shaxs Turkiston ko`chasida joylashgan shahar IIB binosi oldida ishonchiga kirib, o`zini advokat deb tanishtirganini aytgan. U E.N.ga qaynsinglisi X.S.ni qamalib qolmasligini va`da qilib, undan 8 ming dollar miqdoridagi pullarini olib, firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganini bildirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (ancha miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q sodir etgani aniqlangan. Hozirda unga nisbatan sud tomonidan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar