Xabaringiz bor, O`zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, non, un, yog`, shakar kabi asosiy eguliklar narxining ko`tarilishi so`nggi kunlarda aholining asosiy mavzusiga aylandi.
Xo`sh, O`zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishi aholi turmush tarziga qay darajada ta`sir etmoqda. Arzonlashtirilgan yaramarkalar odamlarga samarali xizmat qila olyaptimi?
"Darakchi.uz" aholi orasida fikr va munosabatlarni eshitdi.
"Kam oylik oladiganlar uchun qimmat, yaxshi maosh oluvchilar uchun qimmat emas..."
"Boshqa masala bo`lsa gapirardim, bu haqda gapirmayman..."
"Go`sht haqida gaplashaylik, go`sht oshgani yo`q..."
"Hukumatni aybi yo`q..."
"Non narxini oshirib yaxshi qildi, kamroq uvol bo`ladi..."
"Kimga arzon, kimga qimmat..."
"Qimmat emas, juda yaxshi..."
Fuqarolarning fikri turlicha, munosabatlar har xil.
Narxlar bo`yicha fikrlar turlicha, mahsulotlarning o`zi etarlimi? Bu borada mas`ullarga yuzlandik.
"Hozirda dehqon bozorlarida dehqon va fermer xo`jaliklari tomonidan kuniga 15 tonnadan kartoshka-piyoz etib keladi. Bundan tashqari yarmarkalarga 14-15 tonnagacha shakar kelmoqda. Kuniga 4 tonnadan un etkazilmoqda. O`simlik yog`i esa 6 tonna etkazilmoqda. Yog` kishi boshiga 2 litrdan, shakar 5 kilogrammdan iste`molchilarga berilmoqda", - deydi "Eski jo`va" dehqon bozori savdo bo`limi boshlig`i Umidjon Yusupov.






