"Andijon suv ta`minoti" MChJning xabar berishicha, shaharning A. Musaev ko`chasida qurilish ishlari amalga oshirilayotgani hamda Dukchi Eshon ko`chasidagi markaziy ichimlik suv tarmog`idagi nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilayotgani tufayli shu yilning 6 iyun kuni soat 8:00 dan 7 iyun kuni soat 8:00 ga qadar viloyat markazidagi Taraqqiyot, Islomobod, Hamkorlik, Mirpo`stin, Do`stlik, Navbahor, Mustaqillik, O`zbegim mahalla fuqarolar yig`inlarida vaqtincha suv ta`minoti to`xtatiladi hamda Sog`lom avlod, Yoyilma, O`rikzor, Iqbol va Barkamol mahalla fuqarolar yig`inlarida suv bosimining pastlashi kuzatiladi.
Shu munosabat bilan ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi aholidan suv zaxirasini olib qo`yishlarini iltimos qilamiz. Iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus suv tashuvchi transport vositalari orqali toza ichimlik suvi o`z vaqtida etkazib berilishi ta`minlanadi.
Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan iste`molchilardan uzr so`raymiz, deyiladi MChJ xabarida.






