Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin bo`linmasi xodimlari va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda viloyat Ko`kdala tuman hududida joylashgan "Umakay" muntazam YPX maskanida joriy yilning 4 iyun kuni soat 00.30 larda Surxondaryo-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelgan avtomashina tekshiriladi.
Ma`lum bo`lishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro B.T boshqaruvida bo`lgan "DAMAS" rusumli avtomashinasi tekshirilib, mashina saloni ko`zdan kechirilganda mashinada tegishli veterinariya ma`lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan, taxminan 700 kg og`irlikdagi noma`lum hayvon go`shtlari borligi aniqlangan.
Ushbu go`sht mahsulotlari hozirda sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan.






