AsosiyJamiyat

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan shakar aholi ehtiyojlarini ta`minlay oladimi?

'Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan shakar aholi ehtiyojlarini ta`minlay oladimi?'ning rasmi

Ushbu savolga "Angren shakar" MChJ zavodining bosh texnologi Bahrom Qurbonov quyidagicha izoh bermoqda:

—Korxonamiz bir kunda 1 100 tonna shakar ishlab chiqaryapti. Bu yiliga 360 ming tonna degani. Biz aholini uzluksiz shakar mahsuloti bilan ta`minlay olamiz. Buning uchun bizda etarli xomashyo bor. Shakar omborlarimizda tayyor mahsulotlar aholiga etarli darajada jamg`arilgan.

Bizda shakar shakarqamish xomashyosidan tayyorlanadi. Xomashyo esa, asosan, Braziliyadan, shuningdek, Meksika va Argentinadan keltirilyapti.

O`zbekiston aholisining bir yillik shakarga ehtiyoji 650 ming tonnani tashkil etadi. 2022 yilda shakar ishlab chiqarish hajmi 720 ming tonna (2021 yildan 22 % ga ko`p) tashkil etishi kutilmoqda.

Bugun shakar uchun "ajiotaj" katta ehtimol bilan tez orada o`tib ketadi. Bu deyarli har yili shu mavsumda kuzatiladi. Shu sabab shakarni ortiqcha g`amlab qo`yish to`g`ri emas. Har kim ehtiyojiga yarasha xarid qilsa, talabda keskinlik pasayadi va hammasi o`z iziga tushadi.

    Boshqa yangiliklar