Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 25 may kuni IIV ShXBB Farg`ona viloyati boshqarmasi va Rishton tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan P.A.ni qo`lga olishgan.
Shuningdek, Furqat tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (o`g`irlik) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e`lon qilingan J.B.ni qo`lga olishgan.
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta`minlanadi, deyiladi xabarda.






