O`zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi "a,v" bandlarida nazarda tutilgan jinoyat sodir qilganlikda ayblanib, jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining ajrimiga asosan saqlash uchun 10-son tergov hibsxonasiga olib kelingan mahbus S.Q.ning onasi M.Q.ning ijtimoiy tarmoqlarga qilgan murojaati Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (Ombudsman) nazoratiga olindi, deya xabar bermoqda Ombudsman Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Ombudsmanning Farg`ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov 2022 yilning 31 may kuni 10-son tergov hibsxonasiga borib, mahbus S.Q. bilan suhbatlashgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo`lib, Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur holat bo`yicha tergovga kadar tekshiruvi jarayonlari tugallanganidan keyin Ombudsmanning rasmiy munosabati berilishini ma`lum qilamiz, deyilgan xabarda.






