AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yuk poezdi ustiga chiqishi oqibatida tok urgan maktab o`quvchisi sog`ligi haqida ma`lumot berildi

'Toshkent viloyatida yuk poezdi ustiga chiqishi oqibatida tok urgan maktab o`quvchisi sog`ligi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Keles temir yo`l bekatida 23 may kuni yuk poezdi vagoni ustiga chiqqan ikki nafar maktab o`quvchisini tok urgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, ikki nafar voyaga etmagan maktab o`quvchilaridan biri zina yordamida temir yo`lda turgan yuk vagonlari ustiga chiqib, atrofni kuzatmoqchi bo`lgan. Shunda bolani kutilmaganda yuqori kuchlanishli (27 ming volt) tok urgan. Oqibatda u pastga yiqilib, jiddiy tan jarohati olgan.

Bolaning old ko`krak qismi va qorin qismi, chap qo`li va chap ko`krak qismlari va soni kuyish jarohatini olgan. Umumiy kuyish hajmi 60 foiz. Shundan 10 foiziga chuqur diagnoz qo`yilgan. Bolaning o`ng qo`l tirsagi singani tufayli operativ muolaja o`tkazilgan. Teri ko`chirib o`tkazish operasiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Bolaning ahvoli stabil, hayotga xavf tug`diruvchi holatlar yo`q.

Ikkinchi bola esa kuyish jarohati olgan. Birinchi tibbiy muolaja ko`rsatilib, ota-onasiga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar