Latviyaning IT kompaniyasi dasturchilarni ishga taklif etmoqda. Bu mamlakat va O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tashkil etilmoqda.
Agentlik xabariga ko`ra, oylik ish haqi - 1700-2200$ atrofida. Ma`lum qilinishicha, yotoqxona va ovqat xarajatlari ishchi hisobidan.
Nomzodlarga qo`yidagi talablar qo`yilmoqda:
- Kamida 2 yillik tajribasi;
- ingliz tilini B1 darajada bilishi (IELTS, TOEFL);
- sudlanmagan bo`lishi.
Quyidagi yo`nalishlarda ishlay olish:
1. Figma, Adobe XD dasturlarida HTML, CSS, JavaScript dasturlash tillarida hamda JSON formatida ishlash olishi.
– Shuningdek, yuqori darajada React JS hamda React, Vue.js Webpack framework yo`nalishida ishlay olish;
– GIT dasturi hamda Chome dev Tools bilan ishlashi;
2. C# dasturlash tilida MVC va Web API shablonida hamda MS SQL ma`lumotlar bazasi bilan ishlay olish.
Ishlash istagida bo`lgan fuqarolardan ro`yxatdan o`tish so`raladi.






