Buxoro shahrida transport boshqarmasi xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyati Transport boshqarmasi bo`lim boshlig`i Sh.Q. 9 ta avtotransport vositalariga yo`lovchi tashish uchun lisenziya olib berish evaziga tadbirkor O.dan 350 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






