AsosiyJamiyat

G`alla etishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi

'G`alla etishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i Murodilla Abduhakimov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, o`rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g`alla don korxonalariga topshirildi. G`allaning bir kilogrammi dastlabki narx sifatida 3 ming so`mdan qabul qilinmoqda. Kelgusida birja narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu narxga yana qo`shimcha haq to`lab beriladi.

Hozirga qadar, g`alla etishtiruvchilarga 146 mlrd. so`mlik mablag` to`lab berildi.

G`alla etishtiruvchilardan rejadan tashqari ortiqcha don talab qilinishiga to`liq chek qo`yildi. Ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan to`liq nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar