Ijtimoiy tarmoqlarda ota qizini o`ldirganligi haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 4 iyun kuni Uchko`prik tumani, Turg`oq qishlog`ida yashovchi fuqaro Q.Sh. voyaga etmagan qizi (2006 y.t., maktab o`quvchisi) tungi vaqtlarda “Spark” avtomashinada bir yigit bilan yashirin ravishda uchrashuvga chiqqanligini bilib qolgan.
Ushbu holatdan g`azablangan ota qizini bosh qismiga bir necha marotaba urgan.
Olgan tan jarohati ta`sirida qiz hushini yo`qotgan.
Ota qizini yuziga suv sepib, hushiga keltirgan va boshqa o`sha yigit bilan gaplashib yurmasligini tayinlagan.
Shundan so`ng, qiz yotoqxonasiga kirib ketgan va olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Uchko`prik tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






